
Pavel Priluchniy va Liza Moryak Pushkinning ertagi asosida Sarik Andreasyanning yangi filmida suratga tushadilar
Rejissyor Sarik Andresyan Aleksandr Pushkinning mashhur asari — “Podsho Sulton haqida ertak” filmini suratga olishni boshladi. Pavel Priluchniy podsho Sulton rolini ijro etadi, malika-ona rolini esa Andreasyanning rafiqasi Liza Moryak o‘ynaydi.
Filmda shuningdek, Gvidon rolini ijro etadigan aktyor Aleksey Onejin hamda malika Oqqush rolida aktyor Anatoliy Kotning qizi Alisa Kot ham ishtirok etmoqda.
"Bu mening ertak qahramoni sifatidagi birinchi rolim va bu loyiha orqali bolalarni xursand qilish imkoniyatidan juda mamnunman. Aytgancha, institutga kirish imtihonida "Podsho Sulton haqida ertak‘ni o‘qiganman, shuning uchun matnni yoddan bilaman. Film katta istiqbolga ega bo‘lgan keng ko‘lamli loyihaga aylanadi," — deb ta’kidladi Priluchniy.