Chingizxon avlodlarining shajarasi tasvirlangan Tartariya imperiyasining noyob xaritasi tarixiy atlasda o‘z aksini topdi
13 декабрь

Chingizxon avlodlarining shajarasi tasvirlangan Tartariya imperiyasining noyob xaritasi tarixiy atlasda o‘z aksini topdi

1720-yilgi «Genealogie Des Anciens Empereurs Tartares, Descendus De Genghiscan» xaritasi XVIII asr boshlarida yetti jildda nashr etilgan Anri Shatelenning «Tarixiy atlas»ining eng muhim eksponatlaridan biriga aylandi. Ushbu kartografiya durdonasi «Buyuk Tartariya» (Tartaria Magna) hududining xaritasi hamda Chingizxon avlodidan bo‘lgan imperatorlarning shajarasini o‘zida mujassam etgan.

Shajara nemis olimi Iogann Gyubnerning asarlariga asoslangan bo‘lib, xarita Sharqiy Yevropadan Tinch okeanigacha va Sibirdan Xitoy hamda Hindiston chegaralarigacha bo‘lgan hududlarni qamrab oladi. Asar uning muallifi, fransuz tarixchisi va kartografi Anri Shatelen yashab ijod etgan Gollandiyada yaratilgan.

Xaritaning o‘lchami 53,2×45,1 santimetr bo‘lib, asl nusxasi uning haqiqiyligini tasdiqlovchi suv belgilari bilan birga keladi.