Vengriyada Alisher Navoiy haykali ochildi
17 октябрь

Vengriyada Alisher Navoiy haykali ochildi

Vengriya-O‘zbekiston diplomatik munosabatlari tarixidagi ilk yodgorlik Lakitelek shahrida o‘rnatildi. Haykal buyuk davlat arbobi Alisher Navoiyga bag‘ishlangan.

Alisher Navoiy mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy hayotini takomillashtirish, ilm-fan, san’at va adabiyotni qo‘llab-quvvatlashga ulkan hissa qo‘shgan, doimo tinchlik va hamjihatlikni o‘rnatishga intilgan.

Elchi Oybek Shaxovdinov ham bu fikrni ta’kidlab, Alisher Navoiyning do‘stlik va inson qalbi haqidagi asarlari zamon va geografik chegaralardan oshib o‘tganini, bu esa uni jahon adabiyotida universal shaxs darajasiga ko‘targanini qayd etdi.

Qardosh o‘zbek xalqining buyuk ajdodiga bag‘ishlangan ushbu haykal ajdodlarimiz qalbining bir bo‘lagi qolgan yerga bo‘lgan hurmatimiz ramzidir. Bu yodgorlik bugungi kunda venger va o‘zbek xalqlari o‘rtasidagi mustahkam do‘stlikka poydevor bo‘ldi,” — dedi Vengriya parlamenti vitse-spikeri Shandor Lejak.

Ochilish marosimida Vengriya parlamenti vitse-spikeri Shandor Lejak, Vengriya va O‘zbekiston davlat organlari vakillari, madaniyat va ilmiy doiralar vakillari ishtirok etdi.

Bunga qadar Yaponiya, Janubiy Koreya, AQSH, Rossiya, Qirg‘iziston, Belarus, Qozog‘iston, Ozarbayjon va Tojikistonda Alisher Navoiy haykallari o‘rnatilgan edi.