O‘zbekistonda Rishton kulolchiligi muzeyi ochiladi
29 январь

O‘zbekistonda Rishton kulolchiligi muzeyi ochiladi

O‘zbekistonda an’anaviy Rishton kulolchiligi tarixiga bag‘ishlangan ilk nodavlat muzey tashkil etiladi. Bunga doir qaror mamlakat hukumati tomonidan qabul qilindi.

Yangi muzey nafaqat noyob kulolchilik buyumlari saqlanadigan maskan, balki ta’lim markaziga ham aylanadi. Uning vazifalari qatoriga kolleksiyalarni to‘plash va saqlash, madaniy merosni ommalashtirish, shuningdek, yoshlarni “ustoz-shogird” an’anasi asosida kulolchilik san’atiga o‘rgatish kiradi. Ko‘rgazmalar zamonaviy texnologiyalardan foydalangan holda tashkil etilib, bu ularni yanada qulayroq va interaktiv bo‘lishini ta’minlaydi.

Bundan tashqari, muassasa qo‘shma ko‘rgazmalar uyushtirish maqsadida xorijiy muzeylar bilan faol hamkorlik o‘rnatishni rejalashtirmoqda.