Toshkent aeroportida Alisher Navoiy sharafiga ijodiy tadbir o‘tkazildi
10 февраль

Toshkent aeroportida Alisher Navoiy sharafiga ijodiy tadbir o‘tkazildi

Toshkent xalqaro aeroportida Alisher Navoiy tavallud kuniga bag‘ishlangan madaniy tadbir bo‘lib o‘tdi. Tadbirni “O‘zbekiston aeroportlari” va Navoiy nomidagi Davlat akademik katta teatri tashkil etdi.

Uchib ketish zonasida yo‘lovchilarni g‘ayrioddiy ijodiy chiqish kutmoqda edi: DAKTning yetakchi xonandalar Abdug‘ani Ro‘ziyev va Shavkat Ziyamuhammadov Alisher Navoiy va Abdurahmon Jomiy qiyofasiga kirdilar. Aeroport mehmonlari o‘rta asrlarning buyuk shoiri she’rlarini tinglash va tarixiy libos kiygan san’atkorlar bilan suratga tushish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.

Tadbir Sharjah, Tehron, Moskva, Olmaota, Bishkek, Dushanbe, Istanbul va boshqa shaharlarga yo‘l olgan mingdan ortiq yo‘lovchini qamrab oldi.