
O‘zbekiston Venadagi sayyohlik ko‘rgazmasida ishtirok etmoqda
O‘zbekiston delegatsiyasi yanvar oyida Venada o‘tkazilayotgan “Ferien Messe Wien” xalqaro sayyohlik ko‘rgazmasida qatnashmoqda. Bu ko‘rgazma sayyohlik sanoatidagi eng yirik maydonlardan biri hisoblanadi. Ushbu ulkan tadbir dunyoning 80 mamlakatidan 800 dan ortiq ishtirokchini jalb etib, sohaning zamonaviy rivojlanish yo‘nalishlarini namoyish etmoqda.
O‘zbekiston Turizm qo‘mitasi tomonidan respublikaning Avstriyadagi elchixonasi ko‘magida tashkil etilgan milliy stend orqali taqdim etilmoqda. Ko‘rgazma tashrif buyuruvchilari mamlakatimiz madaniyati, an’analari va urf-odatlari bilan yaqindan tanishish imkoniyatiga ega bo‘lmoqdalar. Stendda Turizm qo‘mitasi hamda “Rocket Uzbekistan”, “Sonder Voyage” va “Global Tour” sayyohlik kompaniyalari vakillari faoliyat yuritmoqda.
Ko‘rgazma doirasida O‘zbekiston delegatsiyasi xalqaro hamkorlar bilan uchrashuvlar o‘tkazib, hamkorlik istiqbollari va mamlakatimizning sayyohlik salohiyatini targ‘ib qilish bo‘yicha muzokalar olib bormoqda. O‘zbekistonni xorijlik mehmonlar uchun jozibador yo‘nalish sifatida ommalashtirishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Ko‘rgazma O‘zbekistonning betakror an’analarini aks ettiruvchi chiqishlar va taqdimotlarni o‘z ichiga olgan madaniy dastur bilan birga o‘tkazilmoqda. “Ferien Messe Wien” 2025-yil 19-yanvargacha davom etadi.