O‘zbekistonlik ishlab chiqaruvchilar mahsulotlarini Londondagi xalqaro ko‘rgazmada namoyish etadi
31 январь

O‘zbekistonlik ishlab chiqaruvchilar mahsulotlarini Londondagi xalqaro ko‘rgazmada namoyish etadi

O‘zbekiston elchixonasida Buyuk Britaniyaning “Montgomery Group” kompaniyasi xalqaro hamkorlik bo‘yicha direktori Jeyms Myurrey bilan uchrashuv o‘tkazildi. Muzokaralarning asosiy mavzusi ikki tomonlama hamkorlikni kengaytirish va o‘zbekistonlik ishlab chiqaruvchilarni xalqaro savdo-iqtisodiy tadbirlarga jalb etish masalalari bo‘ldi.

Dunyodagi eng yirik oziq-ovqat va ichimliklar ko‘rgazmalaridan biri bo‘lgan, har yili minglab ishtirokchilarni to‘playdigan International Food and Drink Exhibition (IFE) ga alohida e’tibor qaratildi. Mazkur tadbir ishlab chiqaruvchilar va importyorlarga ishbilarmonlik aloqalarini o‘rnatish, yangi bozor istiqbollarini o‘rganish va o‘z mahsulotlarini xalqaro maydonda taqdim etish uchun noyob imkoniyat yaratadi.

Jeyms Myurrey 2025-yil 17-19-mart kunlari Londonda (ExCel) bo‘lib o‘tadigan ko‘rgazmada o‘zbek kompaniyalari va milliy brendlarning faol ishtiroki bo‘yicha qiziqish bildirdi. Ushbu tadbirga 30 mingga yaqin tashrif buyuruvchi, shu jumladan, 1500 dan ortiq ishlab chiqaruvchi qatnashishi kutilmoqda.