O‘zbekistonda yer silkinishi qayd etildi
23 ноябрь

O‘zbekistonda yer silkinishi qayd etildi

Bugun O‘zbekistonda Tojikistonda sodir bo‘lgan 5,3 magnitudali zilzila tufayli yer silkinishlari sezildi.

Seysmologlar bergan ma’lumotlarga ko‘ra, respublikaning turli hududlarida zilzila kuchi quyidagicha bo‘ldi:

  • Farg‘ona: 2-3 ball (zilzila markazidan 98 km uzoqlikda);
  • Andijon: 2 ball (151 km);
  • Namangan: 2 ball (167 km);
  • Toshkent: 2 ball (290 km).