YUNESKO Tom Yam Kungni nomoddiy madaniy meros ro‘yxatiga kiritdi
5 декабрь

YUNESKO Tom Yam Kungni nomoddiy madaniy meros ro‘yxatiga kiritdi

Tom Yam Kung krevetkali Tay o‘tkir sho‘rvasi insoniyatning nomoddiy madaniy merosi maqomiga sazovor bo‘ldi. Bu haqda Tailand madaniyat vaziri Sudavan Vangsupxakiykosol xabar berdi.

Tom Yam Kung Tailandning YUNESKOning nomoddiy madaniy meros ro‘yxatiga kiritilgan beshinchi madaniy qadriyati bo‘ldi. Ilgari e’tirof etilganlar orasida mashhur tay massaji ham bor. Vazirning ta’kidlashicha, ushbu sho‘rva tayliklar, ayniqsa, barcha masalliqlar joyida topilishi mumkin bo‘lgan qirg‘oqbo‘yi qishloqlari aholisining turmush tarzini aks ettiradi.

Tom Yam Kungning asosiy ta’mi — bu nordon, sho‘r, o‘tkir, shirin va biroz achchiqning uyg‘unligidir. Laym, chili qalampiri, baliq sousi, krevetkalar va mahalliy giyohlar uni o‘ziga xos qiladi. Bu nafaqat mashhur taom, balki Tailand madaniyatining muhim qismi hamdir,” — deb ta’kidladi Sudavan Vangsupxakiykosol.

Uzoq vaqtdan beri Tailand oshxonasining ramziga aylangan Tom Yam Kung endi rasman jahon merosi sifatida tan olindi va shu bilan Tailand milliy an’analarining xalqaro maydondagi madaniy ahamiyatini yanada mustahkamladi.