
Toshkentda Karolin Karlson baleti namoyish etiladi
Xalqaro opera va balet festivali doirasida 2025-yil 9-10-aprel kunlari Alisher Navoiy nomidagi Davlat akademik opera va balet teatri sahnasida jahonga mashhur xoreograf Karolin Karlsonning asari sahnalashtiriladi. Tomoshabinlarga uning 2022-yilda premyerasi bo‘lib o‘tgan “Daraxt” nomli asari taqdim etiladi.
Karlson o‘z uslubini “vizual she’riyat” deb atab, raqsni shunchaki harakat emas, balki dunyoni san’at orqali idrok etish usuli ekanligini ta’kidlaydi. “Olovdagi she’riyat parchalari” deb nomlangan “Daraxt” spektakli tabiatning nozikligi, uning vayron bo‘lishi va muqarrar qayta tiklanishi mavzusini yoritadi.
Ta’sirchan xoreografiya va mohirona ijro uyg‘unligi sahnada jonli manzarani yaratadi, bunda atrof-muhitning go‘zalligi muallifning orzu-xayollari bilan qo‘shilib ketadi.