Kino, arxivlar va madaniyat kunlari: O‘zbekiston va Turkiya keng ko‘lamli hamkorlikni yo‘lga qo‘ymoqda
20 июнь

Kino, arxivlar va madaniyat kunlari: O‘zbekiston va Turkiya keng ko‘lamli hamkorlikni yo‘lga qo‘ymoqda

Turkiyaning Antaliya shahrida O‘zbekiston va Turkiya o‘rtasidagi hukumatlararo komissiya Madaniyat qo‘mitasining ikkinchi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Ikki mamlakat delegatsiyalariga O‘zbekiston madaniyat vaziri o‘rinbosari Murodjon Majidov va Turkiya madaniyat va turizm vaziri o‘rinbosari Batuxan Mumchu boshchilik qildi.

Uchrashuvda madaniy hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlari muhokama qilindi. Bu yil O‘zbekiston Turkiya madaniyati kunlariga mezbonlik qiladi, Turkiya esa Toshkentda ma’naviy va ilmiy meros sohasidagi muhim loyiha — Islom sivilizatsiyasi markazining ochilishida ishtirok etadi.

Shuningdek, tomonlar qo‘shma kino ishlab chiqarishni rivojlantirish, xususan, turkiy dunyoning taniqli shaxslari va voqealari haqida film va seriallar suratga olishga kelishib oldilar. Arxiv va qo‘lyozma materiallarini o‘rganish va almashish, ikki mamlakat ilmiy-tadqiqot institutlari o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqalarni o‘rnatishga alohida e’tibor qaratiladi.