IYQM-da "Yangi O‘zbekiston iste’dodlari" tanlovining milliy saralash bosqichi o‘tkazildi
Madaniyat vazirligi qoshidagi Iqtidorli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash markazida (IYQM) “Yangi O‘zbekiston iste’dodlari” tanlovining milliy saralash bosqichi bo‘lib o‘tdi. 1500 nafardan ortiq yosh san’atkor ishtirok etgan hududiy bosqichlar natijasida 200 ga yaqin ishtirokchi respublika sahnasida chiqish huquqini qo‘lga kiritdi.
Tanlovda 18 yoshdan 32 yoshgacha bo‘lgan ijrochilar va ijodiy jamoalar bellashdi. Respublika bosqichi g‘oliblarini taqdirlash marosimi esa fevral oyida o‘tkaziladi.
Saralovdan o‘tgan ishtirokchilar “Ustoz-shogird” tizimi asosida ustalar bilan ishlaydi. Tajribali ustozlar rahbarligida yosh iste’dod egalari san’at asarlarini yaratishda davom etadilar. Ularning eng sara namunalari davlat tadbirlarida, shuningdek, xorijda O‘zbekiston madaniyati kunlari doirasida namoyish etiladi.