Euronews Samarqandda Ipak yo‘lining jonlangan tarixini namoyish etdi
20 март

Euronews Samarqandda Ipak yo‘lining jonlangan tarixini namoyish etdi

Euronews kanalida 19-mart kuni efirga uzatilgan Silk Road Adventures dasturining yangi soni Ipak yo‘li tarixi zamonaviylik bilan uzviy bog‘liq bo‘lgan Samarqand shahriga bag‘ishlandi. Tomoshabinlar shaharning hunarmandchiligi, san’ati va kundalik hayotida qadimiy an’analar qanday davom etayotganini bilib oladilar.

Asarda markaziy o‘rinni o‘tmishda Sharq va G‘arbni bog‘lovchi gavjum savdo markazi bo‘lgan Registon maydoni egallaydi. Tadqiqotchi Armida Nazaryan bu joyning tarixi haqida so‘zlab beradi.

Afrosiyob qadimiy shaharchasida restavrator Marina Reutova o‘sha davr hayoti haqida tasavvur beruvchi VII asrga oid sug‘d freskalari haqida ma’lumot beradi.

Konigil qishlog‘idan kelgan usta Zarif Muxtorov o‘zining mustahkamligi va uzoq muddat saqlanishi bilan mashhur bo‘lgan Samarqand ipak qog‘ozini tayyorlashning qadimiy texnologiyasini qayta tiklayapti.

Ko‘rsatuv mahalliy novvoyxonadan olingan lavha bilan yakunlanadi. Unda Gulchehra Nuriddinova Ipak yo‘li mehmondo‘stligining ramzi hisoblangan tandirda an’anaviy Samarqand nonlarini tayyorlash sirlari bilan o‘rtoqlashadi.

MA’LUMOT. Silk Road Adventures — O‘zbekistonning boy merosini o‘rganuvchi san’at, madaniyat va turmush tarziga bag‘ishlangan dastur. Yulduzlarni kuzatishdan tortib mozaika yasashgacha, u tomoshabinlarga an’analar, diqqatga sazovor joylar va zamonaviy hayotga yangicha nazar tashlashni taklif etadi, shuningdek, mamlakatning Ipak yo‘li tarixini global dunyoqarash bilan qanday uyg‘unlashtirayotganini ko‘rsatadi.