Malayziyadan qadimiy qo‘lyozmalarning nusxalari O‘zbekistonga keltiriladi
10 январь

Malayziyadan qadimiy qo‘lyozmalarning nusxalari O‘zbekistonga keltiriladi

Malayziyadan O‘zbekiston madaniyati va tarixiga chuqur aloqador bo‘lgan qadimiy qo‘lyozmalarning nusxalari mamlakatimizga olib kelinadi. Bu haqda O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi ma’lum qildi.

Ushbu ma’lumot Islom tafakkuri va sivilizatsiyasi institutida o‘tkazilgan tadbirda e’lon qilindi. Unda O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi direktori Firdavs Abduxoliqov, O‘zbekistonning Malayziyadagi elchisi Karomiddin G‘adoev va delegatsiyaning boshqa a’zolari ishtirok etishdi.

Keltirilayotgan qo‘lyozmalar orasida Abu Rayhon Beruniyning 1197-yilda ko‘chirilgan “At-Tafhim” asari hamda Abulqosim Firdavsiyning temuriylar davrida yaratilgan “Shohnoma” nusxasi mavjud.

Firdavs Abduxoliqov ushbu tashabbusning maqsadi O‘zbekiston hududida tug‘ilgan buyuk allomalarning jahon sivilizatsiyasiga qo‘shgan hissasini namoyish etishdan iborat ekanligini ta’kidladi.