
Namangan xalqaro gullar festivaliga tayyorgarlik ko‘rmoqda
Namanganda 25-may - 29-iyun kunlari bo‘lib o‘tadigan Xalqaro gullar festivaliga qizg‘in tayyorgarlik ko‘rilmoqda.
Tayyorgarlik ishlari doirasida shaharning ramziy darvozasi bo‘lgan D107 avtomobil yo‘lining 2-3-kilometrlari oralig‘idagi yo‘l o‘tkazgichda dekorativ gullar kompozitsiyasi yaratildi.
Bundan tashqari, shahar mehmonlari va aholisi uchun bayramona muhit yaratish maqsadida atrofni obodonlashtirish ishlari olib borilmoqda.