Qalmiq teatri "Samoviy himoyachi" asarini Toshkent sahnasida namoyish etadi
26 апрель

Qalmiq teatri "Samoviy himoyachi" asarini Toshkent sahnasida namoyish etadi

29-apreldan 2-maygacha O‘zbekiston Davlat yosh tomoshabinlar teatri (YTT) sahnasida Rossiya Federatsiyasining Qalmiqiston Respublikasi Baatar Basangov nomidagi Milliy drama teatrining "Samoviy himoyachi" spektakli namoyish etiladi.

Plastik misteriya janrida sahnalashtirilgan ushbu spektakl Gerel Badayevaning librettosi asosida yaratilgan bo‘lib, rejissyori Sergey Burlachenkodur.

Gastrollar doirasida spektakl namoyishlari, mahorat darslari, ijodiy uchrashuvlar va davra suhbatlari o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

"Bizning teatr jamoamiz Milliy drama teatri sahnasida uch kun davomida kuniga ikki marotabadan ’Masxaraboz-shou’ spektaklini namoyish etdi, — deydi aktyor Barot Hasanov. — Endi zamonaviy uslubda sahnalashtirilgan yangi spektakl O‘zbekiston YTTda namoyish etiladi. O‘ylaymanki, u tomoshabinlarimizga manzur bo‘ladi."