MDHda "Hamdo‘stlik" xalqaro kinofestivali tashkil etiladi
23 январь

MDHda "Hamdo‘stlik" xalqaro kinofestivali tashkil etiladi

MDH mamlakatlari maxsus mukofot taqdim etiladigan “Hamdo‘stlik” xalqaro kinofestivalini ta’sis etishni rejalashtirmoqda. Tegishli hujjatlar Minskda bo‘lib o‘tgan ekspertlar guruhi yig‘ilishida muhokama qilindi.

Tadbirda Ozarbayjon, Armaniston, Belarus, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Rossiya, Tojikiston, Turkmaniston, O‘zbekiston va MDH Ijroiya qo‘mitasi vakillari ishtirok etdilar. Kinofestival to‘g‘risidagi nizom loyihasini MDH Hukumat rahbarlari kengashiga ko‘rib chiqish uchun yuborish to‘g‘risida qaror qabul qilindi.

Yangi festivalning maqsadi MDH mamlakatlari o‘rtasida kinematografiya sohasidagi hamkorlikni rivojlantirish va milliy kino sanoati yutuqlarini ommalashtirishdan iborat. Festivalning har ikki yilda bir marta o‘tkazilishi rejalashtirilgan bo‘lib, uning o‘tkazilishini MDH davlatlarining har biri alfavit tartibida navbatma-navbat tashkil etadi.

Loyihaning tashabbuskori bo‘lgan Qozog‘iston birinchi kinofestivalni o‘z hududida qabul qiladi.