“Yevroosiyo-Kinofest” festivalida 12 ta nominatsiya bo‘yicha g‘oliblar taqdirlandi
23 октябрь

“Yevroosiyo-Kinofest” festivalida 12 ta nominatsiya bo‘yicha g‘oliblar taqdirlandi

“Eng yaxshi to‘liq metrajli film” nominatsiyasida Qozog‘iston, Rossiya va Italiya hamkorligida yaratilgan “Qaldirg‘och” filmining rejissyori Malika Muhammadjon g‘alaba qozondi. Eng yaxshi rejissyorlik uchun mukofotni Rossiya va Abxaziyada suratga olingan “So‘nggi narx” filmi uchun Naur Garmeliya qo‘lga kiritdi. “Qaldirg‘och” filmi ssenariysi uchun Sergey Shirinskiy va Malika Muhamedjan eng yaxshi ssenariy mualliflari deb e’tirof etildi.

Eng yaxshi operatorlik ishi uchun mukofotni Hindiston va Xitoyda suratga olingan “Yo‘lbars qornida” filmi uchun Jatla Siddartha qo‘lga kiritdi. Rossiya kinematografiyasi rivojiga qo‘shgan hissasi uchun Rossiya xalq artisti Olga Ostroumovaga mukofotni kinofestival prezidenti Tigran Keosayan topshirdi.

Moldovalik Sergiu Budich mamlakatning tarixi va an’anaviy qadriyatlarini saqlash haqida hikoya qiluvchi “Kishinyov himoyachilari” filmi uchun mukofotga sazovor bo‘ldi. Qirg‘izistonlik Bermet Beyshenbekova “Chuqur” filmi uchun eng yaxshi yosh rejissyor deb topildi. O‘zbekistonlik aktrisa Matluba Alimova festival tashkilotchisi “Yevroosiyo” ANT tomonidan alohida mukofot bilan taqdirlandi. Tomoshabinlar mukofoti Xitoy, Malayziya va Shveytsariya hamkorligida suratga olingan “Yoz oxiri haqida she’r” filmi uchun rejissyor Lam Kan-Chjaoga topshirildi.