Toshkentda mustaqil kinofestival bo'lib o'tadi
13-22 sentabr kunlari Toshkentda “Cinema Love” mustaqil Markaziy Osiyo hujjatli va eksperimental kino festivali bo’lib o’tadi. Tadbir ijodiy tashabbuslarni rivojlantirish va amalga oshirish uchun sharoit yaratishga bag’ishlangan MOC tashkiloti ko’magida o’tkaziladi.
Cinema Love kino festivali Markaziy Osiyolik yosh mualliflarni qo’llab-quvvatlashga qaratilgan. Dastur nafaqat filmlarning namoyishlarini, balki tomoshabinlar va ekspertlar hay’ati ishtirokidagi muhokamalarni ham o’z ichiga oladi.
Tanlov dasturida ishtirok etish uchun arizalarni qabul qilish festival boshlanishidan bir yarim oy oldin, 5 avgustgacha davom etadi. O’zbekiston, Qozog’iston, Qirg’iziston, Tojikiston va Turkmaniston mualliflari 40 daqiqagacha davom etadigan va 2023 yildan keyin suratga olingan turli janrdagi (o’yin, hujjatli, animatsion yoki eksperimental) qisqa metrajli filmlarni taqdim etishlari mumkin. Filmlarda ingliz/rus/o’zbek tillarida subtitrlar bo’lishi kerak. Arizalar platforma orqali qabul qilinadi https://filmfreeway.com/
Bogdan Burikin, atayin “Karavan-Info” uchun