Donald Tramp prezidentlik maoshi va nafaqasidan voz kechishga qaror qildi
10 декабрь

Donald Tramp prezidentlik maoshi va nafaqasidan voz kechishga qaror qildi

AQShning sobiq prezidenti Donald Tramp saylovlarda g‘alaba qozonib, ikkinchi muddatga saylanishi holda, yillik 400 ming dollarlik prezidentlik maoshi hamda umrbod nafaqadan yana voz kechishini ma’lum qildi.

Men bir tiyinni ham olmayman. Bu davlat xarajatlarini kamaytirish usulim,” — dedi Tramp NBC telekanaliga bergan intervyusida va Jorj Vashingtondan keyin to‘lovlardan voz kechgan birinchi prezident bo‘lishi mumkinligini qo‘shimcha qildi.

O‘zining birinchi prezidentlik muddati davomida Tramp maoshini xayriya va milliy dasturlarni moliyalashtirish uchun yo‘naltirgan edi. Shunga qaramay, uning moliyaviy ahvoli hamon salmoqli: Forbes ma’lumotlariga ko‘ra, uning boyligi 2,3 milliard dollarga baholanmoqda.

Sobiq prezidentning aytishicha, bu qaror uning davlat xarajatlarini qisqartirishga sodiqligini va davlat to‘lovlaridan mustaqilligini ko‘rsatadi.