O‘zbekiston Vengriya bilan sirk san’atini rivojlantirish bo‘yicha hamkorlikni yo‘lga qo‘yadi
14 октябрь

O‘zbekiston Vengriya bilan sirk san’atini rivojlantirish bo‘yicha hamkorlikni yo‘lga qo‘yadi

Madaniyat vazirining birinchi o‘rinbosari Avazxon Tojixonov boshchiligidagi delegatsiyaning Vengriyaga tashrifi davomida Vengriya milliy sirk san’ati markazi va Budapesht shahar sirki rahbari Peter Feket bilan uchrashuv o‘tkazildi.

Uchrashuvda O‘zbekiston davlat sirki va Vengriya sirk muassasalari o‘rtasidagi hamkorlik masalalari muhokama etildi. Tomonlar ikki mamlakat sirk san’atkorlari uchun o‘quv kurslarini tashkil etish, shuningdek, marketing sohasida tajriba almashish imkoniyatlarini ko‘rib chiqdilar. Ushbu hamkorlik O‘zbekistonda sirk san’atini rivojlantirish va Vengriyaning ilg‘or tajribalarini o‘zlashtirishga xizmat qilishi ko‘zda tutilgan.

O‘zbekiston delegatsiyasining Vengriyaga tashrifi buyuk mutafakkir va shoir Alisher Navoiy haykalining ochilishi munosabati bilan amalga oshirilgan bo‘lib, bu ikki mamlakat o‘rtasidagi madaniy aloqalarning muhimligini yana bir bor ta’kidlaydi.

Bogdan Burikin, atayin “Karavan-Info” uchun