
Rossiya prezidenti o‘zbekistonlik ijrochilarga "Do‘stlik" ordenini topshirdi
Vladimir Putin O‘zbekiston va Rossiya xalqlari o‘rtasidagi do‘stlik va o‘zaro tushunishni mustahkamlashga qo‘shgan hissasi uchun o‘zbekistonlik ijrochilarni mukofotlash to‘g‘risidagi farmonni imzoladi.
1994-yilda ta’sis etilgan “Do‘stlik” ordeni an’anaviy tarzda madaniy aloqalarni rivojlantirish va do‘stona munosabatlarni mustahkamlashdagi salmoqli xizmatlari uchun topshiriladi.
Mukofotlanganlar orasida “Yalla” vokal ansambli badiiy rahbari, O‘zbekiston SSR, Tatariston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Ozarbayjon, Qoraqalpog‘iston, Ingushetiya va Tatariston xalq artisti Farrux Zokirov bor.
Shuningdek, mashhur xonanda, “O‘zbekkonsert” davlat muassasasi artisti, o‘zbek musiqa madaniyatining yorqin vakili Sevara Nazarxonova ham mukofotga sazovor bo‘ldi.