BBC O‘zbekistonda yovvoyi tabiat haqida film suratga olmoqda
18 апрель

BBC O‘zbekistonda yovvoyi tabiat haqida film suratga olmoqda

BBC telekanalining suratga olish guruhi O‘zbekistonda yovvoyi tabiat va respublikaning noyob qush turlarini saqlab qolish bo‘yicha sa’y-harakatlari haqida film suratga olish uchun ijodiy safarda bo‘lib turibdi.

TIV matbuot kotibining telegram kanali xabariga ko‘ra, tasvirga olish ishlari Navoiy viloyatida bo‘lib o‘tmoqda. Bu BBC guruhining O‘zbekistonga ikkinchi ijodiy safari bo‘lib, ular birinchi marta 2024-yil aprel oyida mamlakatga tashrif buyurgan edi.

O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi xorijiy ommaviy axborot vositalari bilan faol hamkorlik qilib, ularni O‘zbekiston tabiati, tarixi, madaniyati va salohiyati haqida ko‘rsatuvlar tayyorlashga taklif qilmoqda. 2024-yilda ikki mingga yaqin xorijiy jurnalist akkreditatsiyadan o‘tkazildi.