
O‘zbekistonda Ai-80 benzini sotilishi cheklanadi
Prezident yil oxirigacha Ai-80 benzinidan foydalanish va uni sotishni cheklash bo‘yicha barcha choralarni ko‘rish to‘g‘risida ko‘rsatma berdi. Ushbu tashabbus "Atrof-muhitni muhofaza qilish va "yashil" iqtisodiyot yili"da "O‘zbekiston-2030" strategiyasini amalga oshirish bo‘yicha Davlat dasturi bilan bog‘liq farmonda o‘z aksini topgan.
Bundan tashqari, respublikada issiqlik va elektr energiyasi ishlab chiqaruvchi korxonalarda mazutdan yoqilg‘i sifatida foydalanish butunlay taqiqlanadi. Faqatgina favqulodda vaziyatlarda, Ekologiya vazirligi xabardor qilingan va Vazirlar Mahkamasi bilan kelishilgan holda, istisno qilinadi.