SamDU doktoranti o‘rgimchaklarning yangi turini kashf etdi
5 январь

SamDU doktoranti o‘rgimchaklarning yangi turini kashf etdi

Samarqand davlat universiteti Biokimyo instituti doktoranti Feruz Shodmonov o‘rgimchaklarning yangi turini aniqladi. Bu haqda universitet matbuot xizmati ma’lum qildi.

SamDUning sog‘lomlashtirish oromgohida topilgan o‘rgimchak “Gorbiscapus zarafshanicus” deb nomlandi. Kashfiyot haqidagi ma’lumotlar Feruz Shodmonov tomonidan rossiyalik olim Aleksandr Fomichev bilan hamkorlikda Scopus bazasiga kiruvchi nufuzli Acta Arachnologica (Q2) ilmiy jurnalida chop etildi.