
Londonda yovvoyi tabiatning eng kulgili surati tanlandi: Nikon Comedy Wildlife Awards mukofoti
Londonda yovvoyi hayvonlar hayotining eng qiziqarli lahzalarini e’tirof etuvchi Nikon Comedy Wildlife Awards yillik tanlovining yakunlari sarhisob qilindi. Bu yilgi bosh mukofotni italiyalik fotograf Milko Marketti “Tiqilib qolgan olmaxon” deb nomlangan surati uchun qo‘lga kiritdi.
2015-yilda asos solingan mazkur tanlov bu safar ishtirokchilar soni bo‘yicha o‘z rekordini yangiladi — hakamlar hay’ati e’tiboriga 9000 dan ortiq fotosurat taqdim etildi. Ushbu tanlov nafaqat tomoshabinlarni kuldirishni, balki yovvoyi tabiatni muhofaza qilishga e’tiborni jalb etishni ham maqsad qilgan.