OTB O‘zbekistonga 250 million dollarlik qarz ajratishni ma’qulladi
20 ноябрь

OTB O‘zbekistonga 250 million dollarlik qarz ajratishni ma’qulladi

O‘zbekistonda mamlakat iqlim o‘zgarishiga moslashishi va uni yumshatish bo‘yicha choralarni tezlashtirishga qaratilgan “Iqlimiy o‘tishni jadallashtirish” dasturi amalga oshiriladi.

Mazkur dastur O‘zbekistonning Osiyo taraqqiyot banki (OTB) bilan 2024-2028-yillarga mo‘ljallangan yangi Hamkorlik strategiyasiga mos bo‘lib, unda mamlakatning yashil iqtisodiyotga o‘tishi va iqlim o‘zgarishiga bardoshliligini oshirishga alohida e’tibor qaratilgan.

Loyiha uch asosiy yo‘nalishda amalga oshiriladi: davlat muassasalari va moliyaviy boshqaruvni mustahkamlash, suv va yer resurslari, qishloq xo‘jaligi hamda ijtimoiy himoya sohalarida iqlim o‘zgarishiga bardoshlilikni oshirish, shuningdek, transport va energetika kabi sohalarda past uglerodli iqtisodiyotga o‘tishni qo‘llab-quvvatlash.

Qayta tiklanuvchi energiya manbalarini rivojlantirish va energiya samaradorligini oshirish orqali 2030-yilga kelib issiqxona gazlari chiqindilarini 35 foizga kamaytirish dasturning ustuvor yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi.

Bogdan Burikin, atayin “Karavan-Info” uchun