Ekologiya vazirligi va Song-do issiqxona gazlari chiqindilarini kamaytirish bo‘yicha hamkorlik memorandumini imzoladi
Ekologiya vaziri o‘rinbosari Iskandar Qutbiddinov rahbarligidagi delegatsiya Inchxon shahridagi “Song-do” chiqindi yoqish zavodiga tashrif buyurdi. Bu tashrif Koreya Respublikasiga safar doirasida amalga oshirildi. Safar davomida delegatsiya chiqindilarni qayta ishlash sohasida hamkorlik qilish bo‘yicha bir nechta kompaniyalar bilan muzokaralar olib bordi.
2006-yilda qurilgan Song-do zavodi ikki kamerali pechda piroliz usulidan foydalanib, kuniga 540 tonna chiqindini yoqadi. Bunda birinchi kameradagi harorat 1000 darajadan, ikkinchisida esa 950 darajadan yuqori bo‘ladi. Zavodga tashrif Jizzax viloyatida piroliz usulini joriy etish loyihasining bir qismi hisoblanadi.
Tashrif davomida, shuningdek, Iskandar Qutbiddinov Green Hammer kompaniyasi bosh direktori D.Cho bilan uchrashdi va ular hamkorlik memorandumini imzoladilar. Shartnoma Xorazm va Jizzax viloyatlarida organik chiqindilarni yoqish, tozalash va qayta ishlash korxonalarini tashkil etish orqali issiqxona gazlari chiqindilarini kamaytirishga qaratilgan.
Bogdan Burikin, atayin “Karavan-Info” uchun