O‘zbekiston delegatsiyasi BMTning cho‘llanishga qarshi kurash bo‘yicha konferensiyasida ishtirok etdi
O‘zbekiston delegatsiyasi, ekologiya vaziri Aziz Abduhakimov va suv xo‘jaligi vaziri Shavkat Hamrayev rahbarligida, BMTning Cho‘llanishga qarshi kurash konvensiyasi (COP16) tomonlar konferensiyasining 16-sessiyasida ishtirok etdi.
“Bizning yer. Bizning kelajagimiz” shiori ostida o‘tkazilayotgan mazkur anjumanda Konvensiyaning 197 ta ishtirokchisi, jumladan 196 ta mamlakat va Yevropa Ittifoqi vakillari qatnashmoqda. Konferensiya 13-dekabrga qadar davom etadi.
Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yil noyabr oyida Samarqand ushbu Konvensiyani amalga oshirish qo‘mitasining 21-sessiyasiga mezbonlik qilgan edi. O‘shanda tadbir 196 mamlakatdan mingdan ortiq delegatni birlashtirgan bo‘lib, O‘zbekistonning global miqyosda cho‘llanishga qarshi kurashdagi muhim rolini tasdiqlagan edi.