O‘zbekistonda sayroqi qushlarni noqonuniy olib kirishga urinish to‘xtatildi
3 декабрь

O‘zbekistonda sayroqi qushlarni noqonuniy olib kirishga urinish to‘xtatildi

Toshkent viloyatidagi nazorat-o‘tkazish punktida 40 ta oq boshli chittak (sedogolovыy shchegol)ni zaruriy hujjatlarsiz mamlakatga olib kirmoqchi bo‘lgan fuqaro ushlandi.

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi “G‘ishtko‘prik” chegara bojxona posti orqali sayroqi qushlarni noqonuniy olib kirishga urinish to‘xtatilgani haqida ma’lum qildi.

Ekologiya vazirligi davlat inspektorlari bojxona postidagi vaziyatni tekshirib, qushlarga tegishli ruxsatnomalar berilmagani aniqlanganini ta’kidlashdi. Chittaklar olib qo‘yildi va yovvoyi tabiatga qo‘yib yuborildi.

Ish bo‘yicha barcha materiallar ko‘rib chiqish uchun sud organlariga topshirildi.

Bogdan Burikin, atayin “Karavan-Info” uchun