Misr tadbirkorlari Qoraqalpog‘istondagi ekologik loyihalarga qiziqish bildirmoqda
14 май

Misr tadbirkorlari Qoraqalpog‘istondagi ekologik loyihalarga qiziqish bildirmoqda

Qoraqalpog‘iston Vazirlar Kengashi Raisi Farhod Ermanov "Bell Energy" kompaniyasi direktorlar kengashi raisi Xaysam Xuseyn va "PetroSol Oil Field Services L.L.C" kompaniyasi vakili Mustafa Mahmud bilan uchrashib, hamkorlik istiqbollarini muhokama qildi.

O‘zbekiston elchixonasi tashabbusi bilan tashkil etilgan uchrashuvda tomonlar Orolbo‘yining suv tanqisligi va cho‘llanish kabi ekologik muammolarini bartaraf etish, shuningdek, barqaror infratuzilmani barpo etish va tabiiy muhitni tiklashga qaratilgan investitsiya loyihalarini amalga oshirish imkoniyatlarini ko‘rib chiqdi.

Ekologik xavfsizlik va mintaqa aholisining hayot sifatini yaxshilash sohasida xalqaro hamkorlikni mustahkamlash masalalari ham muhokama qilindi.