
Markaziy Osiyo iqlim inqiroziga qarshi kurashish uchun birlashmoqda
Turkmaniston poytaxtida Markaziy Osiyo mamlakatlari va boshqa mintaqalardan 250 ga yaqin ishtirokchilarni birlashtirgan Iqlim o‘zgarishi bo‘yicha VII Markaziy Osiyo konferensiyasi (MOIO‘K-2025) o‘z ishini boshladi. Konferensiyaning asosiy mavzusi mintaqaviy va milliy harakatlar orqali iqlimni moliyalashtirishning global maqsadiga erishish yo‘llarini muhokama qilish bo‘ldi.
Kelgusi besh yilda mintaqada iqlim investitsiyalarini 25 foizga oshirish imkoniyatlariga alohida e’tibor qaratildi. Buyuk Britaniya, Yevropa Ittifoqi, GIZ, Italiya va Qirg‘iziston ekspertlari "yashil" obligatsiyalar va aralash moliyalashtirish mexanizmlaridan foydalanish bo‘yicha o‘z takliflarini taqdim etdilar.
Konferensiya, shuningdek, mintaqaviy hamkorlik, iqlim bo‘yicha adolat va milliy hissalarni mustahkamlash masalalarini muhokama qilish uchun platforma bo‘ldi (ONUV 3.0). Parallel sessiyalar iqlim texnologiyalarini uzatish, innovatsion moliyaviy vositalar va fuqarolik jamiyatining roliga bag‘ishlandi.
Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi delegatsiyasi ishtirok etmoqda.