O‘zbekiston COP29da an’anaviy xovli pavilonini taqdim etadi
11 ноябрь

O‘zbekiston COP29da an’anaviy xovli pavilonini taqdim etadi

COP29 iqlim sammitida O‘zbekiston hukumati me’moriy konsepsiyasi an’anaviy o‘zbek hovlisidan ilhomlangan Milliy pavilonni taqdim etadi.

Bunday ichki hovlilar o‘zbek xonadonining yuragi hisoblanadi. U yashillik va tok novdalari bilan o‘ralgan bo‘lib, inson va tabiat o‘rtasidagi uyg‘unlikni anglatadi.

Pavilonni yaratish uchun mamlakat iqlimiga juda mos keladigan an’anaviy materiallar va texnologiyalardan foydalanilgan. Uning bezagida somon suvoqlari, ayvon va tapchan elementlarini ko‘rish mumkin.

Somon suvoq salqinlikni saqlashga yordam beradi va uyga alohida muhit beradi, ayvon muloqot uchun qulay joy, tapchan esa oilaviy dam olish maskani bo‘lib xizmat qiladi. Ushbu elementlar O‘zbekistonning madaniy qadriyatlarini: tabiatga ehtiyotkorona munosabatda bo‘lish, oilaviy an’analar va qulaylikka intilishni ta’kidlaydi.

“Ichkaridagi barqarorlik” deb nomlangan O‘zbekiston paviloni mamlakatning boy madaniyati, tarixi va tabiati ta’sirida shakllangan milliy qadriyat va yondashuvlarni yetkazishga mo‘ljallangan.

Bogdan Burikin, atayin “Karavan-Info” uchun