Uzbekiston va IFAD iqlim o‘zgarishlariga qarshi loyihalarni muhokama qilishdi
BMTning cho‘llanishga qarshi kurash Konvensiyasi doirasidagi 16-konferensiya (COP16) doirasida Riyodda Ekologiya vaziri Aziz Abduhakimov Xalqaro qishloq xo‘jaligini rivojlantirish jamg‘armasi (IFAD) Atrof-muhit departamenti direktori Xuan Karlos Mendosa bilan uchrashdi. Uchrashuvda yerlarning degradatsiyasiga qarshi kurash va suv resurslarini boshqarishda sa’y-harakatlarni birlashtirish masalalari ko‘rib chiqildi.
Uchrashuv davomida Aadaptatsiya jamg‘armasi, IFAD va Ekologiya vazirligi ko‘magida amalga oshirilayotgan besh yillik loyiha muhokama qilindi. Loyiha qishloq hududlarida qashshoqlikni kamaytirish, qishloq xo‘jaligi sektorining iqlimga chidamliligini oshirish va agroiqlim monitoringi tizimini yaratishga qaratilgan.
Mendosa Markaziy Osiyo mamlakatlarining ekologik muammolarni, jumladan yerlarning degradatsiyasi va Orol falokati oqibatlarini hal qilishda birgalikdagi harakatlarining ahamiyatini ta’kidladi. U IFAD loyihalarining mintaqaviy va xalqaro hamkorlikdagi muvaffaqiyatli namunasi ekanini qayd etdi.
Tomonlar o‘zaro hamkorlikni davom ettirishga tayyor ekanliklarini tasdiqlashdi va barqaror rivojlanish hamda iqlim o‘zgarishlariga moslashish bo‘yicha qo‘shma loyihalarni kengaytirish rejasini muhokama qilishdi.