O‘zbekiston Markaziy Osiyoning "yashil" texnologiyalar markaziga aylandi
20 июнь

O‘zbekiston Markaziy Osiyoning "yashil" texnologiyalar markaziga aylandi

Poytaxtimizdagi "CAEx Uzbekistan" ko‘rgazmalar majmuasida O‘zbekistonda birinchi va Markaziy Osiyodagi eng yirik "Eco Expo Central Asia 2025" ekologik texnologiyalar xalqaro ko‘rgazmasining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Tadbir atrof-muhitni muhofaza qilish va barqaror rivojlanish sohasidagi ilg‘or yutuqlarni namoyish etish platformasiga aylandi.

Ko‘rgazma o‘z maydonida 30 dan ortiq mamlakatdan 3000 dan ortiq ekspertlar, biznes va davlat tuzilmalari vakillarini birlashtirdi.

Ekspozitsiyada global ekologik tahdidlarga javob beradigan chiqindilarni boshqarish, suvni tejash va qayta tiklanadigan energiya sohasidagi innovatsion yechimlar taqdim etilgan.

Ochilish marosimida Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vaziri Aziz Abduhakimov so‘zga chiqib, tadbir butun mintaqa uchun strategik ahamiyatga ega ekanligini ta’kidladi.

"Ushbu ko‘rgazma shunchaki texnologiyalar namoyishi emas, balki hamkorlikni chuqurlashtirish uchun boshlang‘ich nuqtadir. O‘zbekiston Markaziy Osiyoda ekologik texnologiyalarni ilgari surish bo‘yicha mintaqaviy platformaga aylanishga tayyor," - dedi vazir.

"Eco Expo Central Asia 2025" innovatsiyalarni joriy etish, xalqaro hamkorlikni mustahkamlash hamda iqlim va atrof-muhit muammolarini hal qilish bo‘yicha qo‘shma strategiyalarni ishlab chiqishga kuchli turtki berishi kutilmoqda.

Tadbir o‘z ishini davom ettirmoqda.