COP29da BMT Bosh kotibi: Iqlimga moslashishni moliyalashtirishdagi 359 milliard dollar taqchillikni bartaraf etish zarur
12 ноябрь

COP29da BMT Bosh kotibi: Iqlimga moslashishni moliyalashtirishdagi 359 milliard dollar taqchillikni bartaraf etish zarur

BMT Bosh kotibi Antoniu Guterrish aholining eng zaif qatlamlarini iqlim ofatlaridan himoya qilish uchun moliyalashtirishni kuchaytirish choralarini ko‘rishga chaqirdi. Bokuda o‘tkazilgan COP29 yetakchilari sammitida nutq so‘zlar ekan, u iqlim o‘zgarishiga moslashish uchun yetarli mablag‘ ajratilmasa, millionlab odamlar ekstremal ob-havo sharoitlari bilan yuzma-yuz qolishini alohida ta’kidladi.

BMTning baholashicha, 2030-yilga kelib moliyalashtirish ehtiyojlari va moslashish uchun mavjud mablag‘lar o‘rtasidagi yillik tafovut 359 milliard dollarga yetishi mumkin.

Bu yetishmayotgan milliardlar shunchaki hisobotdagi raqamlar emas: bu yo‘qotilgan hayotlar, hosil va sekinlashgan taraqqiyotdir,” — deya ta’kidladi Guterrish va davlatlar hamda xalqaro tashkilotlarni kelajakdagi iqlim yo‘qotishlarining oldini olish uchun mablag‘ jalb qilishni jadallashtirish choralarini ko‘rishga undadi.