Tomdi tumanida noqonuniy qum va shag‘al qazib olishga chek qo‘yildi
Navoiy viloyati Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi Tomdi tumani bo‘limi xodimlari nazorat reydini o‘tkazdi. Ushbu reyd davomida “Tomdibuloq” ovuli hududida noqonuniy ravishda qum va shag‘al qazib olinayotgani aniqlandi.
Huquqbuzarlik sodir etgan 6 nafar fuqaro tegishli ruxsatnomasiz qazib olish uchun yuk avtomobillaridan foydalangan. Ularga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 70-moddasi bo‘yicha ma’muriy bayonnomalar tuzildi. Har biriga bazaviy hisoblash miqdorining 120 baravari, ya’ni 45 million so‘m miqdorida jarima solindi.
Bundan tashqari, tabiatga yetkazilgan zarar 83,7 million so‘mga baholandi. Qoidabuzarlar to‘lashi kerak bo‘lgan to‘lovlarning umumiy summasi 128,7 million so‘mni tashkil etdi. Ularning yuk mashinalari vaqtincha jarima maydoniga joylashtirildi.