Orol mintaqasida sho‘rlangan tuproqlar uchun o‘simliklar sinovdan o‘tkazilmoqda
Orol dengizining qurigan tubida sho‘rlangan tuproqlarda o‘sishga qodir o‘simliklarni tanlash bo‘yicha sinovlar olib borilmoqda. Ishlar Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi loyihasi doirasida qishloq xo‘jaligi fanlari doktori Zinoviy Novitskiy rahbarligida amalga oshirilmoqda.
O‘rganilayotgan o‘simliklar orasida klimakoptera, atripleks, sho‘rakolos, yulg‘un, sarsazan va koxiya mavjud. Tadqiqotchilar ularning hududning og‘ir sharoitlariga moslashish qobiliyatini, shuningdek, ekotizimning biologik funksiyalarini tiklashga ta’sirini baholayaptilar.
O‘simlik qoplami tuproqni barqarorlashtirishga yordam beradi, chang bo‘ronlari darajasini pasaytiradi va mikroiqlimni yaxshilaydi. Tajribalar natijalari sho‘rlangan yerlar uchun eng mos turlarni aniqlash va cho‘llanishga qarshi kurashish strategiyalarini ishlab chiqish imkonini beradi. Bu Orol ekotizimini tiklashga va mintaqadagi hayot sifatini yaxshilashga ko‘maklashadi.