Rosatom Qirg‘izistonda ekologik zararni bartaraf etish rejasini taklif etdi
2 февраль

Rosatom Qirg‘izistonda ekologik zararni bartaraf etish rejasini taklif etdi

Federal ekologik operator mutaxassislari (“Rosatom” davlat korporatsiyasi tarkibidagi “FEO” davlat unitar korxonasi) Qirg‘izistondagi sobiq “Kristall” zavodi hududida to‘plangan ekologik zararni bartaraf etish bo‘yicha takliflarni taqdim etdi. Ushbu masala 24-yanvar kuni Bishkekda o‘tkazilgan idoralararo yig‘ilishda muhokama qilindi. Yig‘ilishda Qirg‘iziston Respublikasi hukumati va tegishli vazirliklar vakillari ishtirok etdi.

Uchrashuv yakunlari bo‘yicha tasdiqlangan “FEO” davlat unitar korxonasining tahliliy hisobotida Tosh-Qumirdagi sanoat maydonining ekologik xavfsizligini ta’minlash uchun birinchi navbatdagi chora-tadbirlar majmuasi keltirilgan. Mutaxassislar obyektning texnik tekshiruvini o‘tkazib, xavfli kimyoviy moddalarni aniqladilar, texnologik sig‘imlar va infratuzilma holatini baholadilar, shuningdek, ehtimoliy xavflar va ularning oqibatlarini hisoblab chiqdilar.

“FEO” davlat unitar korxonasining ekologik loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha direktori Stanislav Jabrikovning ta’kidlashicha, Rosatomning Rossiyadagi sanoat obyektlarini tugatish bo‘yicha to‘plagan tajribasi, xususan, Usolye-Sibirskdagi muvaffaqiyatli ishi “Kristall” zavodi hududidagi xavfli chiqindilarni xavfsiz ajratib olish va utilizatsiya qilish bo‘yicha tavsiyalarni ishlab chiqish imkonini berdi.