O‘zbekistonda ov qilishni taqiqlash taklifi bildirildi
O‘zbekistonda mamlakat hayvonot dunyosini tiklash maqsadida ov qilishga moratoriy joriy etish masalasi ko‘rib chiqilmoqda. Cheklovlar 2025-yil 1-sentyabrdan boshlab joriy etilishi va 2028-yil 1-yanvargacha uzaytirilishi rejalashtirilgan.
Tashabbus fermer xo‘jaliklari, pitomniklar, inkubatorlar yoki baliqchilik hovuzlarida yetishtirilgan yovvoyi hayvonlarni ovlashga, shuningdek, sanitariya ovlariga daxl qilmaydi.
Bundan tashqari, joriy yil 1-sentyabrdan yovvoyi holda o‘suvchi o‘simliklarni yig‘ish uchun kvotalar va o‘simlik dunyosi obyektlaridan foydalanish uchun ruxsatnomalar berish tartibi o‘zgardi — endi ularni faqat elektron auksionlar orqali olish mumkin.