O‘zbekistonda "yashil" vodorod ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yiladi
25 апрель

O‘zbekistonda "yashil" vodorod ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yiladi

O‘zbekiston iyun oyi oxirigacha "yashil" vodorod va sianli tuzlar ishlab chiqaradigan korxonalarni ishga tushirish orqali kimyo sanoatini diversifikatsiya qilishni rejalashtirmoqda. Prezident Shavkat Mirziyoyev taqdimot bilan tanishgach, kimyo sanoatini rivojlantirish va sohani raqamlashtirish muhimligini ta’kidladi.

So‘nggi besh yil davomida mamlakatimiz kimyo sanoatida 23 ta yangi korxona ishga tushirildi, joriy yilning birinchi choragida esa 181 million dollarlik investitsiya o‘zlashtirildi.

"O‘zkimyosanoat" raisi Odil Temirov sohada mineral o‘g‘itlar zaxirasini qisqartirish, debitorlik va kreditorlik qarzdorliklarini kamaytirish bo‘yicha ko‘rilayotgan choralar haqida ma’lumot berdi.

Eslatib o‘tamiz, 2023-yil noyabr oyidan boshlab Saudiyaning ACWA Power kompaniyasi Chirchiqda "yashil" vodorod ishlab chiqarish majmuasini qurmoqda, Navoiyda esa quruq sianli tuz va texnik gaz ishlab chiqarish loyihasini amalga oshirish rejalashtirilgan.