AQSH jirafani yo‘qolib borayotgan turlar ro‘yxatiga kiritdi
25 ноябрь

AQSH jirafani yo‘qolib borayotgan turlar ro‘yxatiga kiritdi

Jirafalar soni tez sur’atda kamayishda davom etmoqda. Tadqiqotlar natijalariga ko‘ra, 1980-yillardan buyon bu hayvonlar soni 40 foizga qisqargan va hozirgi kunda dunyoda atigi 69 mingga yaqin jirafa qolgan.

Tashvishli ma’lumotlarga javoban AQSH hukumati ilk bor jirafalarni yo‘qolib ketish xavfi ostidagi hayvonlar ro‘yxatiga kiritdi. The Guardian nashrining ta’kidlashicha, hukumat vakillari bu qadam jirafa a’zolaridan tayyorlangan mahsulotlarning noqonuniy savdosi va brakonerlikni to‘xtatishga yordam beradi, deb umid qilmoqda.

Qo‘shma Shtatlar hamon bu hayvonlarning terisi va suyaklaridan tayyorlangan gilamlar, yostiq g‘iloflari, poyabzallar, mebellar va kitob muqovalari kabi tovarlarning eng yirik iste’molchilaridan biri bo‘lib qolmoqda. Yangi chora-tadbirlar nazoratni kuchaytirish va yo‘qolib borayotgan turni muhofaza qilishga qaratilgan.