Navoiy viloyatida chiqindilarni olib chiqish shartnomasi haqiqiy emas deb topildi
4 февраль

Navoiy viloyatida chiqindilarni olib chiqish shartnomasi haqiqiy emas deb topildi

Oliy sud 2025-yil 31-yanvarda Navoiy viloyati hokimligi va sanitariya tozalash xizmatlarini ko‘rsatuvchi “Tejamkorlik” xususiy ishlab chiqarish korxonasi o‘rtasidagi shartnomani bekor qildi. Kompaniya majburiyatlarni lozim darajada bajarmaganligi bitimni haqiqiy emas deb topishga asos bo‘ldi.

2019-yil 18-yanvarda davlat-xususiy sheriklik doirasida tuzilgan bitimlar viloyatning Navoiy shahri, Karmana tumani va Zarafshon tumanida maishiy chiqindilarni olib chiqishga taalluqli edi. Sud qaroridan so‘ng korxona bu hududlarda faoliyat yurita olmaydi.

Bunga qo‘shimcha ravishda, Apellyatsiya sudida hokimlik, Ekologiya departamenti va “Tejamkorlik” korxonasi o‘rtasida imzolangan, Tomdi, Qiziltepa va Uchquduq tumanlarini qamrab oluvchi 2021-yil 10-sentyabrdagi shartnomani bekor qilish masalasi ko‘rib chiqilmoqda.