O’zbekiston xavfli kimyoviy moddalarni xavfsiz boshqarishga o’tadi
Toshkentda “Xavfli kimyoviy moddalarni oqilona boshqarish bo‘yicha texnik yordam” loyihasi doirasida o‘tkazilgan seminar pestitsidlar hayotiy tsiklini boshqarish masalalariga bag‘ishlandi.
Loyiha milliy koordinatori Elmurod Nazarovning ta’kidlashicha, seminar asosiy maqsadi pestitsidlarni barcha bosqichlarda boshqarish yondashuvlarini muhokama qilishdir. Asosiy vazifa — eskirgan pestitsidlar bilan bog‘liq xavflarni kamaytirish va aholining sog‘lig‘i hamda atrof-muhitni himoya qilishning zamonaviy usullarini joriy etishdir.
Loyiha BMTning Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti (FAO) tomonidan Yevropa Ittifoqining ko‘magida O’zbekiston Ekologiya vazirligi bilan hamkorlikda amalga oshirilmoqda.
Seminarda pestitsidlarni boshqarish ularning butun hayotiy tsiklini — ishlab chiqarishdan to xavfsiz utilizatsiyagacha qamrab olishi kerakligi ta’kidlandi. Bu borada FAO va JSST tomonidan pestitsidlarning inson salomatligi va tabiatga salbiy ta’sirini minimallashtirishga yordam beruvchi maxsus tavsiyalar ishlab chiqilgan.
Bogdan Burikin, atayin “Karavan-Info” uchun