Green University’da oliy o‘quv yurtlari rektorlari uchun seminar o‘tkazildi
Ekologiya vazirligi qoshida tashkil etilgan Markaziy Osiyo atrof-muhit va iqlim o‘zgarishi universiteti (Green University)da seminar-trening bo‘lib o‘tdi. Unda ekologiya vazirining o‘rinbosari Jusipbek Kazbekov, shuningdek, ekologiya sohasi mutaxassislarini tayyorlayotgan 35 ta oliy o‘quv yurtidan rektorlar va kafedra mudirlari ishtirok etdi.
Uchrashuv davomida Ekologiya va tabiatni muhofaza qilish texnologiyalari ilmiy-tadqiqot institutining laboratoriyalari, o‘quv auditoriyalari, axborot markazi va ekologiya hamda iqlim o‘zgarishlari sohasidagi tadqiqotlar uchun ishlatiladigan maxsus uskunalar tanishtirildi. Shuningdek, universitetning asosiy ilmiy yo‘nalishlari va yordamchi resurslari muhokama qilindi.
Seminarda “Qurigan Orol dengizi tubidagi ishlar”, “Chiqindilarni qayta ishlash zavodlarini qurish loyihalari”, “BMTning barqaror rivojlanish maqsadlari va ularni amalga oshirish” kabi mavzularda ma’ruzalar va taqdimotlar o‘tkazildi. Universitet xalqaro hamkorlik dasturlari, talabalar va o‘qituvchilar o‘rtasida tajriba almashinuvi, zamonaviy ta’lim texnologiyalaridan foydalanishga ham e’tibor qaratdi.