O‘zbekiston ETR yig‘ilishida ishtirok etdi
O‘zbekiston Ekologiya vazirligi delegatsiyasi Londonda bo‘lib o‘tgan Markaziy Osiyo uchun Ekologik tiklanish hisobi (ETH) assambleyasi yig‘ilishida qatnashdi. Tadbirda ETH, Yevropa komissiyasi, Xalqaro atom energiyasi agentligi, YEXHT, BMTTDning vakillari, shuningdek, Qirg‘iziston va Tojikiston delegatsiyalari ham ishtirok etdilar.
O‘zbekiston Toshkent va Namangan viloyatlaridagi sobiq uran qazib olish obyektlarini qayta tiklash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ETH dasturining manfaatdori hisoblanadi. Uchrashuvda turli mamlakatlardagi qayta tiklash ishlari holati muhokama qilindi. O‘zbekiston Ekologiya vazirligi “Yangiobod” obyektidagi ishlar rivoji va “Chorkesar-2” obyektidagi ishlar yakunlangani, shuningdek, respublikadagi barcha uran konlarini boshqarish va nazorat qilish uchun mas’ul operator tayinlangani haqida ma’lumot berdi.
Parkent tumanidagi Qizilto‘g‘ uran konini qayta tiklash masalasiga alohida e’tibor qaratildi. Shuningdek, ETH dasturining yutuqlari va kelgusi yildagi maqsadlari muhokama etildi.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Prezidentining farmoniga muvofiq, Ekologiya vazirligi ETH doirasidagi ishlarni tashkil etishga mas’uldir. Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki bilan hamkorlikda Yangiobod va Chorkesar-2 uran konlari obyektlarini qayta tiklash bo‘yicha grant bitimi imzolandi. Chorkesar-2 dagi ishlar 2025 yil aprel oyida yakunlanishi kutilmoqda.