
Toshkent aeroportida mushuklar uchun uychalar o‘rnatildi
Toshkent xalqaro aeroportida ko‘cha mushuklari uchun maxsus uychalar jihozlandi. Ular uchib ketish terminali asosiy binosi va hol o‘rtasidagi yashil hududda joylashtirilgan.
Mushuklar allaqachon shahar muhitining ajralmas qismiga aylanib, ko‘p yillardan buyon aeroport hududida yashab kelmoqda. Estetik jihatdan tashqari, bu hayvonlar sichqon va kalamushlarni yo‘q qilish orqali muhim vazifani bajaradi, natijada ekologik muvozanat saqlanib qoladi.
Ular uchun uychalar qurish g‘oyasi ancha oldin paydo bo‘lgan edi, biroq davom etayotgan qurilish ishlari tufayli uni faqat hozir amalga oshirish imkoni tug‘ildi.