
O‘zbekistonda suv sifatini nazorat qilish uchun laboratoriyalar tashkil etiladi
O‘zbekistonda har bir hududda ichimlik suvi sifatini tekshirish uchun markaziy laboratoriyalar ochish ko‘zda tutilmoqda. Bu chora-tadbirlar prezidentning atrof-muhitni muhofaza qilish va yashil iqtisodiyotni rivojlantirishga qaratilgan 2025-yilgacha mo‘ljallangan davlat dasturi to‘g‘risidagi farmoni loyihasida belgilangan.
Yangi laboratoriyalar qat’iy texnik talablarga javob beradi va hududiy sanitariya-epidemiologiya nazorati hamda jamoat salomatligi bo‘limlari bilan hamkorlik qiladi. Ularning faoliyati bevosita yoki shartnoma asosida tashkil etiladi.
Dasturni amalga oshirish mas’uliyati “O‘zsuvta’minot” AJga yuklatilgan.