Fotoqopqon Surxon qo‘riqxonasi faunasini tasvirga oldi
Surxon davlat qo‘riqxonasidagi fotoqopqon bir guruh to‘ng‘iz, Turkiston tulkisi va Buxoro tog‘ qo‘yini tasvirga olib, ushbu noyob hudud hayvonot dunyosining xilma-xilligini namoyish etdi.
Qo‘riqxona 1986-yilda Surxondaryo viloyati Sherobod tumanida tashkil etilgan bo‘lib, Ekologiya vazirligi tasarrufida. Uning kengliklarida 194 turdagi hayvonlar yashaydi, ulardan 25 tasi O‘zbekiston Qizil kitobiga kiritilgan.
Qo‘riqxona faunasiga ko‘plab noyob va qiziqarli turlar kiradi. Bu yerda bo‘ri, tulki, bo‘rsiq, silovsin, cho‘l mushugi, to‘ng‘iz, burama echki, Buxoro tog‘ qo‘yi va boshqa noyob turlarni uchratish mumkin. Hududda uchrovchi qushlar orasida qora tasqara, burgut, qora burgut, qora kalxat, qirg‘iy, cho‘l kaklisi, kaklik, qirg‘ovul, musicha, oqqanotli qizilishton kabilar alohida o‘rin tutadi. Ushbu tabiat burchagi O‘zbekistonning bioxilma-xilligini saqlash va yovvoyi tabiatini o‘rganish uchun muhim joy bo‘lib xizmat qiladi.