
Jizzax viloyati Zaamin tumanida 6 tonnadan ortiq axlat maxsulotlar to'plandi
Jizzax viloyati Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o'zgarishi boshqarmasi plogging tadbirini tashkil etdi. Tadbirda taxminan yuzdan ortiq volontyor ishtirok etdi va umumiy sa'y-harakatlar bilan 6 tonnadan ortiq axlat to’plangan edi.
"Tadbir uchun Zaamin tumaniga kirishda joylashgan tog' yo'li tanlagan edi. Bu yo'llar bilan Zaamin milliy tabiat bog'iga keladigan sayohatchilar o'tadi. Afsuski, ekologiya va atrof-muhit tozaligiga befarq bo'lgan ko'pchilik odamlar bu hududga transportlaridan axlatni tashlab, tabiatga zarar yetkazmoqda", dedi Xusniddin Xazratkulov Zaamin milliy tabiat bog'i direktorining o'rinbosari.
Tadbir doirasida yaniy Milliy tabiat bog'iga olib boruvchi yo'llar obodonlashtirildi, mavjud yo'llar ta'mirlandi va yangi ogohlantiruvchi belgilari o'rnatildi.
Plogging – bu yugurib va axlatni yig'ish Shvediyadan kelgan sport turi deb hisoblanadi. Deyiladiki bu odatda yugurishdan ikki barobar ko'proq kaloriya yo'qotiladi
Gayana Shamshutdinova, maxsus "Karavan-Info" uchun